Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 4-SESSIYAS BO'LIB O'TDI
Gallery image 22212
Gallery image 22213
Gallery image 22214
Gallery image 22215
Gallery image 22216
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
26 Dek 2024
17:14

XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 4-SESSIYAS BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 26-dekabr kuni xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida:

 - Mirobod tumanida 2024-yilda “Ayollar daftari”ni 5-bosqichida tizimli va namunali yuritish natijasida, muammolari hal etilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish to‘g‘risida;

 - Mirobod tumanining 2025-yilga mo‘ljallangan mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida; - Mirobod tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 2025-yilda soliq stavkasiga qo‘llanadigan koeffitsiyentni tasdiqlash to‘g‘risida; 

- Mirobod tumanida 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffitsiyentlar to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Sessiya muhokama qilingan har bir masala bo‘yicha alohida qaror qabul qilindi. Sessiya ishida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosari F.Madaminova, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Suxrob Ibroximbekov, Mirobod tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Oripov ishtirok etdi.