Barcha yangiliklar

JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
16 Iyul 2026
16:29
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J. Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi hududida amalga oshirilayotgan "Mening bog‘cham" loyihasi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
#24_ta_masala

O‘rganish davomida loyiha doirasida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududning obodonlashtirilishi, jihozlarning holati hamda loyihaning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan loyiha ijrosi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|