Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 190557
Gallery image 190558
Gallery image 190559
Gallery image 190560
Gallery image 190561
Gallery image 190562
Gallery image 190563
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
16 Iyul 2026
18:14

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M.Ochilov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Jondor tumanidagi "Dalmunobod" mahallasi hududida joylashgan 3-son texnikumda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🌏Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan qator dolzarb masalalar tinglanib, ayniqsa aholi tomorqalarini sug‘orish tarmog‘i hamda nasos stansiyasining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, ushbu masalaning ijobiy hal etilishi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌏Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mas’ul idoralarga deputatlik nazorati doirasida tegishli murojaatlar kiritish belgilab olindi.
🌏Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali bartaraf etishda muhim omil ekani ta’kidlandi.