Barcha yangiliklar
G‘ozg‘onda zamonaviy Dehqon bozori bunyod etilmoqda
Gallery image 190531
Gallery image 190532
Gallery image 190533
Gallery image 190534
Gallery image 190535
Gallery image 190536
Gallery image 190537
Gallery image 190538
Gallery image 190539
Gallery image 190540
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
16 Iyul 2026
18:08

G‘ozg‘onda zamonaviy Dehqon bozori bunyod etilmoqda

G‘ozg‘onda zamonaviy Dehqon bozori bunyod etilmoqda

G‘ozg‘on shahar "Tumar" mahallasida barpo etilayotgan yangi Dehqon bozori qurilishi jarayoni jadal suratlarda davom etmoqda. Savdo do‘konlarining tashqi qismiga mahalliy xomashyo hisoblangan tabiiy marmardan foydalanilmoqda.

Qurilish ishlarini Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hamda Kengash deputati M.Qodirov tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, obyektni zamonaviy va qulay ko‘rinishda barpo etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yangi Dehqon bozori hududida jami 34 ta savdo do‘koni qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bozor foydalanishga topshirilgach, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda tadbirkorlar uchun qulay savdo sharoitlari yaratishga xizmat qiladi.