Barcha yangiliklar
Hududdagi obodonlashtirish masalalari deputat nazoratida
Gallery image 190529
Gallery image 190530
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
16 Iyul 2026
18:06

Hududdagi obodonlashtirish masalalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan Shayxon MFYda fuqarolar murojaatini o'rgandi.

Hududdagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida tegishli mas'ul tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Murojaat ijrosi deputat tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan monitoring olib boriladi.