Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi.
Gallery image 190487
Gallery image 190488
Gallery image 190489
Gallery image 190490
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
16 Iyul 2026
17:45

Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 2-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati O‘zMTDP a’zosi K.Shukurovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumida isitish tizimini ishlashish holati o‘rganilib chiqildi. Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ini muovini A.Pirnazarov bilan markaziy qozonxona ko‘zdan kechirildi. Qozonxonadagi mavjud qozonlardan biri bugungi kunda ta’mirlashga muhtoj bo‘lib, ta’mirlashga 156,0 mln.so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Shuningdek, issiqlik
quvurini 80 metr joyini ta’mirlashga 20,0 mln.so‘m mablag‘, umumiy hisobda 176,0 mln.so‘m mablag‘ga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ushbu muammoni ijobiy yechimi bo‘yicha shahar hokimligiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish yuzasidan murojaat etiladi hamda ijrosi nazoratga olinadi.