Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi: “Islomobod” MFYda sayyor o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 190479
Gallery image 190480
Gallery image 190481
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
16 Iyul 2026
17:30

24 tavsiya ijrosi: “Islomobod” MFYda sayyor o‘rganish o‘tkazildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Haftalik ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev, deputat A. Appaqov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan “Islomobod” MFYda sayyor o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi Sh. Ibragimov bilan uchrashilib, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududni yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar ijrosi deputatlar nazoratiga olindi.