Barcha yangiliklar











ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
16 Iyul 2026
14:09
Chiqindilarni o‘z vaqtida olish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 11-“Turkiston” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonovga biriktirilgan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan “Turkiston” mahallasida hududlarni obodonlashtirish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalalari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida chiqindilarni maxsus tashlash va olib chiqib ketish joyi toza saqlanayotganligi, biroq mahalla
ichidagi irrigatsiya tarmoqlari va avtomashinalar garajlari atrofida bir necha oylardan beri to‘planib yotgan turli chiqindilar borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu masalani yechimi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.