Barcha yangiliklar
19¹-modda. Deputat tashabbusi
Gallery image 190292
Gallery image 190293
Gallery image 190294
Gallery image 190295
Gallery image 190296
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
16 Iyul 2026
14:07

19¹-modda. Deputat tashabbusi

Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 9-“Bibizaynab” saylov okrugi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur masala Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining sessiyasida deputatlik tashabbusi sifatida ko‘tarildi. Tashabbus sessiya kun tartibiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi hamda zarur mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i uchun zarur quvurlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube