Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 190272
Gallery image 190273
Gallery image 190274
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
16 Iyul 2026
13:08

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Sayram okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov “BO‘Z” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat “mahalla yettiligi”ning bugungi faoliyati xususan xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, mahalla yoshlari o‘rtasida “Dolzarb 60 kun” loyihasi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, ular bo‘yicha qilinayotgan samarali tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-son Farmoni yuzasidan mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yanada mustahkamlash borasida suhbatlashildi.

Mahalla farovonligi, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar bilan tanishib tavsiyalar berildi.