Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 190132
Gallery image 190133
Gallery image 190134
Gallery image 190135
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
16 Iyul 2026
10:20

Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, guruh xonalari, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, sanitariya-gigiyena talablari, bolalar xavfsizligini ta'minlash hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, maktabgacha ta'lim sifatini yanada oshirish, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta'minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.

Maktabgacha ta'lim tizimida yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, bolalarning sifatli ta'lim va tarbiya olishini ta'minlash hamda muassasalar faoliyatini takomillashtirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi