Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 190128
Gallery image 190129
Gallery image 190130
Gallery image 190131
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
16 Iyul 2026
10:18

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar, qaror loyihalari hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, taqdim etiladigan hisobot va axborotlar yuzasidan fikr almashilib, hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni har tomonlama puxta tayyorlash, qabul qilinadigan qarorlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash hamda sessiyani yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, sessiya materiallarini yakuniy shakllantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi