Barcha yangiliklar
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
Gallery image 190118
Gallery image 190114
Gallery image 190115
Gallery image 190116
Gallery image 190117
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
16 Iyul 2026
10:17

Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda

 Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Raximqul Maxammadiyev tomonidan "Paxta" saylov okrugi hududida "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari" asosida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

📘Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ijrosi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, amaliy yechimlar yuzasidan zarur choralar belgilandi.

📉 Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

🤝 Xalq vakili tomonidan har bir murojaat qonunchilik doirasida o‘rganilib, fuqarolar manfaatlarini ta'minlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🔖 Xalq vakili – xalq manfaatlari yo‘lida!