Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA👇👇👇
Gallery image 190111
Gallery image 190112
Gallery image 190113
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
16 Iyul 2026
10:14

HUDUDDAGI ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan saylov okruglarida amaliy o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

👉Jumladan, tuman Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan 19-“Qo‘shchinor” saylov okrugi hududida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👫Xususan, aholi bilan manzilli ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Shuningdek, deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni samaral tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!