Barcha yangiliklar
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
Gallery image 190056
Gallery image 190057
Gallery image 190058
Gallery image 190059
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
06 Iyul 2026
00:00

📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Do‘stlik mahallasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida mahalla hokim yordamchisi hamrohligida Oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida 50 million so‘m imtiyozli kredit olib, o‘quv markazi tashkil etgan D. Abduraximov faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihaning natijalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorning taklif va mulohazalari tinglanib, faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.