Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 190039
Gallery image 190040
Gallery image 190041
Gallery image 190042
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
16 Iyul 2026
09:29

SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov hamda 12-E.Xolmatov saylov okrugi deputati Q.Nishonov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputatlar o‘z saylov okruglarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda mas'ul tashkilotlarga tegishli tartibda yuborilishi qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.