Barcha yangiliklar
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi
Gallery image 190023
Gallery image 190024
Gallery image 190025
Gallery image 190026
Gallery image 190027
Gallery image 190028
Gallery image 190029
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
16 Iyul 2026
09:16

Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari N. Sadinova, Sh. Musurminova va F. G‘aybullayev ishtirok etdilar.

Yangi istirohat bog‘i zamonaviy arxitektura va innovatsion yechimlar asosida barpo etilgan bo‘lib, unda sun’iy ko‘l, uzunligi 85 metr, balandligi 25 metr bo‘lgan oynali ko‘prik, hayvonot bog‘i, shahar manzarasini tomosha qilish imkonini beruvchi baland charxpalak, "Amerika tog‘lari" attraksioni, avtodrom hamda karting maydoni tashkil etilgan.

Mazkur majmua samarqandliklar va shahar mehmonlari uchun zamonaviy dam olish maskani sifatida xizmat qilishi, ichki turizmni rivojlantirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi hamda shahar turizm salohiyatini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi