Barcha yangiliklar
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
Gallery image 189999
Gallery image 190000
Gallery image 190001
Gallery image 190002
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
03 Iyul 2026
00:00

📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida

👤 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF–49-son Farmoni asosida “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan “Pastki Kerayit” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🛣 O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, ularning sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilish holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Yakunda mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ichki yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.