Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 189899
Gallery image 189900
Gallery image 189901
Gallery image 189902
Gallery image 189903
Gallery image 189904
Gallery image 189905
Gallery image 189906
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 Iyul 2026
20:00

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha" doimiy komissiyasining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20¹- va 93-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi "Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida"gi 1468-sonli qarori ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish, Marg‘ilon shahar saylov komissiyasi a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda Marg‘ilon shahar 5-Do‘stlik saylov okrugidagi 213-, 217- va 218-sonli saylov uchastkalari uchun uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida mazkur masalalarni belgilangan tartibda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi E.Yunusov, komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari, Marg‘ilon shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.