Barcha yangiliklar
Xonadonbay o‘rganish davomida ehtiyojmand oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
Gallery image 189892
Gallery image 189893
Gallery image 189894
Gallery image 189895
Gallery image 189896
Gallery image 189897
Gallery image 189898
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
15 Iyul 2026
20:03

Xonadonbay o‘rganish davomida ehtiyojmand oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Jumhuriyat ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida xonadonning texnik holati tahlil qilinib, uy-joy ta’mirtalab ekani hamda oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash zarurligi aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida xonadonni ta’mirlash masalasi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Shuningdek, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda murojaatni amaliy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi