Barcha yangiliklar
Deputat qabulida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
Gallery image 189889
Gallery image 189890
Gallery image 189891
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
15 Iyul 2026
20:02

Deputat qabulida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi