Barcha yangiliklar
Deputatning 2026-yilning 6 oylik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 189836
Gallery image 189837
Gallery image 189838
Gallery image 189839
Gallery image 189840
Gallery image 189841
Gallery image 189842
Gallery image 189843
Gallery image 189844
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
15 Iyul 2026
19:54

Deputatning 2026-yilning 6 oylik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

Deputatning hisobot axboroti Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘qib eshittirildi. Unda hisobot davrida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar, deputatlik nazorati tadbirlari hamda tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi