Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 189830
Gallery image 189831
Gallery image 189832
Gallery image 189833
Gallery image 189834
Gallery image 189835
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
15 Iyul 2026
19:53

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘l" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim S.Isroilovaning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida 136 nafar fuqaro ijtimoiy himoya reyestriga kiritilib, ularga belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan.

Shuningdek, 3 nafar fuqaroning ijtimoiy davolanishga yuborilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 58 nafar ehtiyojmand fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlangan.

O‘rganish davomida 2 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish ishlari ham tashkil etilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, davlat ijtimoiy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi