Barcha yangiliklar
📨 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Gallery image 189801
Gallery image 189802
Gallery image 189803
Gallery image 189804
Gallery image 189805
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
15 Iyul 2026
19:25

📨 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich tomonidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanov nomiga yuborilgan deputatlik so'roviga rasmiy javob olindi.

📌 Deputatlik so‘rovida “Shamchiroq” MFY Ashxobod ko‘chasida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari yakunlanmay to‘xtab qolgani, buning oqibatida fuqarolar uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda mazkur holat yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan edi.

📄 Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanov tomonidan taqdim etilgan javobda qayd etilishicha, Ashxobod ko‘chasida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda.

🏗 Mazkur qurilish ishlari pudrat shartnomasi asosida “Ratufer Servis” MChJga topshirilgan. Biroq pudratchi korxona shartnomada belgilangan ishlarni yakunlamasdan, hech qanday sabablarsiz qurilish ishlarini to‘xtatganligi sababli u bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan.

🚜 Rasmiy javobga ko‘ra, hozirgi kunda qurilish maydonidagi qazilgan joylar tekislanib, ortiqcha tuproq hamda qurilish chiqindilari olib chiqilgan. Ayni paytda qurilish ishlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🛣 Shuningdek, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari qayta boshlangach, ular to‘liq yakunlanishi, Ashxobod ko‘chasini asfaltlash ishlari esa kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi tugallangandan so‘ng amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

📎 Bundan tashqari, javob xatiga loyiha ijrochisi «FAYSEL INSAAT TEKSTIL GIDA LOJISTIK HIZMETLERI SANAYI VE TICARET LIMITED SIRKETI & FAYSEL CONSTRUCTION LLC» qo‘shma korxonasi loyiha menejeri M.Rzambetov tomonidan taqdim etilgan ma’lumot ham ilova qilingan.

⚖️ Deputat tomonidan yuborilgan so‘rov natijasida aholini qiziqtirayotgan masala yuzasidan rasmiy izoh va tushuntirishlar olindi. Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, qurilish ishlarining qayta boshlanishi va to‘liq yakunlanishi yuzasidan monitoring davom ettiriladi.