Barcha yangiliklar
Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
Gallery image 189616
Gallery image 189617
Gallery image 189618
Gallery image 189619
Gallery image 189620
Gallery image 189621
Gallery image 189622
Gallery image 189623
MELIQO‘ZIYEV SARVARJON SOXIBJONOVICH
15 Iyul 2026
17:19

Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Kengashning 13 – 17-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev va S.Meliqo‘ziyevlar deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasining yoshlar yetakchisi M.Nabiyev tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlari sarhisobi ko‘zdan kechirildi.

Bunda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
-amalga oshirilayotgan tadbirlar (madaniy, ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar) samaradorligi, yoshlar bandligi;
-mahallada aholi (yoshlar va bolalar) uchun sport inshootlari, umumta’lim maktabining sport zali va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati;
-migrasiyada yurgan yoshlardan xabardorligi holati (ular bilan doimiy muloqot bo‘layotganligi).

So‘ngra o‘rganish yakunida “Boboshbek” mahallasining yoshlar yetakchisiga yuqoridagi masalalar yuzasidan ushbu sohaga doir Qonun va qonunosti hamda Prezident hujjatlari va topshiriqlarining mazmun mohiyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirib o‘tildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi