Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Iyul 2026
17:03
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari M.Ismoilxo'jayeva va N.Turdiyev tomonidan Obod mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun ichki ariqlarni ta'mirlash, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda maishiy chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish masalalari bo'yicha murojaat va takliflar bildirildi.
Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni hal etish bo'yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko'rilishi hamda murojaatlar nazoratga olinishi ta'kidlandi.