Barcha yangiliklar
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
Gallery image 189536
Gallery image 189537
Gallery image 189538
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
15 Iyul 2026
16:59

Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 12-"Mustaqillik" saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyev tashabbusi bilan tuman markazidagi ko‘chalarni yanada obod va ko‘kalamzor qilishga qaratilgan muhim loyiha amalga oshirilmoqda.
✔️Mazkur tashabbus doirasida ko‘cha bo‘ylaridagi yashil hududlarni samarali parvarishlash maqsadida zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi. Ushbu tizim suv resurslaridan oqilona foydalanish, daraxt va manzarali o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlash hamda yashil maydonlarni muntazam sug‘orishga xizmat qiladi.
✔️Ta’kidlash joizki, zamonaviy sug‘orish usullarining qo‘llanilishi nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki tuman markazining estetik qiyofasini yanada chiroyli va jozibador etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.