Barcha yangiliklar
TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 22051
Gallery image 22052
Gallery image 22053
Gallery image 22054
Gallery image 22055
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 Dek 2024
17:52

TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi raisi O.Baqoyev tumandagi 6-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib, ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan suhbat uyushtirilib, ularga maktabda ta’lim va tarbiya jarayonlarini uyushqoqlik bilan olib borish hamda o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qishki ta’til davrida o’quvchilarning perotexnika vositalaridan foydalanmaslik , texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, maʼnaviy va shaxsiy rivojlanishi bilan bogʻliq adabiyotlarni mutolaa qilishlari yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.