Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 189496
Gallery image 189497
Gallery image 189498
Gallery image 189499
Gallery image 189500
Gallery image 189501
Gallery image 189502
Gallery image 189503
Gallery image 189504
Gallery image 189505
Gallery image 189506
Gallery image 189507
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Iyul 2026
16:53

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev
hamda deputat Y.Berdiyarov tomonidan Andijon mahallasida saylovchilar bilan
navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimligi vakili D.Mardiyev,
tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, bosh mutaxassislar D.Shakarboyev,
U.Kenjayev hamda Andijon mahallasi yettiligi vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Shuningdek, hududni rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf
etish hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilarni qiziqtirgan masalalar tinglanib,
ularning taklif va mulohazalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv
yakunida fuqarolarning murojaatlari asosida alohida qabul tashkil etildi. Qabul
davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va
tavsiyalar berildi.


Qo‘shimcha mablag‘ talab etiladigan hamda mas'ul tashkilotlar vakolatiga
kiruvchi murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlar bilan hamkorlikda
ishlanishi, masalalar atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga qo‘shimcha ma'lumot
taqdim etilishi bildirildi. Har bir murojaat nazoratga olinib, ularning ijobiy
yechimiga erishish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta'kidlandi.