Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 189473
Gallery image 189474
Gallery image 189475
Gallery image 189476
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Iyul 2026
16:47

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida Andijon mahallasi hududida joylashgan mukammal taʼmirlanayotgan 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida obyektda olib borilayotgan ishlarning borishi, qurilish ishlari sifati hamda belgilangan reja-jadval asosida bajarilish holati koʻzdan kechirildi. Masʼullar tomonidan taʼmirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.