Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish  Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
Gallery image 189445
Gallery image 189446
Gallery image 189447
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
15 Iyul 2026
16:44

#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi



🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov Kengashning ish rejasiga muvofiq Hamza mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi.

✍️O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektori Otabek Zuxurov tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi, xususan, soliq intizomini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan ishlash, soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda soliqqa oid tushuntirish ishlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud holat yuzasidan fikr va mulohazalar almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Mazkur yo‘nalishdagi nazorat va o‘rganish ishlari deputat nazoratida davom ettiriladi.