Barcha yangiliklar
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 189430
Gallery image 189431
Gallery image 189432
Gallery image 189433
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
15 Iyul 2026
16:40

"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O. Sherov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida "Dalmunobod" mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, xonadonlarda yaratilgan daromad manbalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, bu boradagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi ta’kidlandi.