Barcha yangiliklar
#Chinoz tumani #Deputat o'rganish  KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 189412
Gallery image 189413
Gallery image 189414
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
14 Iyul 2026
16:39

#Chinoz tumani #Deputat o'rganish KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "Adolat"SDP partiyasidan 14-Navro'z saylov okrugidan saylangan deputat Nargiza Abdukadirovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxasisis Dilnoza Ulug'bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq, Chinoz tumani Ko'p qavatli va uy-joylarni boshqaruvchi B-K kasandra MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi rahbari R.Abdumannopov bilan birgalikda tumandagi Mevazor MFY hududida joylashgani ko‘p qavatli uy-joylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) va yerto‘lalari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.