Barcha yangiliklar
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Gallery image 189409
Gallery image 189410
Gallery image 189411
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
15 Iyul 2026
16:37

“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov tomonidan “Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
✅Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ Yakunda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlik nazorati orqali ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni izchil o‘rganish va aholi manfaatlarini ta’minlashga alohida e'tibor qaratmoqda.