Barcha yangiliklar
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
Gallery image 189397
Gallery image 189398
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
15 Iyul 2026
16:36

“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov “Dalmunobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, obodonlashtirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga oid qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Vakolat doirasidagi masalalar nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. 

 Bunday uchrashuvlar deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, joylardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.