Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 189303
OCHILOV BOXODIR NORKUVATOVICH
15 Iyul 2026
16:09

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan Sh.Rashidov mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarga kredit va subsidiya ajratish hamda ularning daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolarining murojaatlari bilan ishlash, muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.