Barcha yangiliklar
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
Gallery image 189284
Gallery image 189285
Gallery image 189286
Gallery image 189287
Gallery image 189288
Gallery image 189289
Gallery image 189290
OCHILOV BOXODIR NORKUVATOVICH
15 Iyul 2026
16:07

Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

Tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–71-son Farmoni ijrosi hamda mazkur farmon asosida tashkilotda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Ichki nazorat tizimi, murojaatlar bilan ishlash, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, sessiyada muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar jamlandi.