Barcha yangiliklar
Bemorlar holati o‘rganildi
Gallery image 189277
Gallery image 189278
Gallery image 189279
OCHILOV BOXODIR NORKUVATOVICH
15 Iyul 2026
16:05

Bemorlar holati o‘rganildi

6-son Gumbaz saylov okrugidan saylangan deputat Saodat Djumanova hamda RSHTYOIM Samarqand filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda Yangi Hayot shoshilinch tez yordam shifoxonasida o‘rganish olib borildi.

Tashrif davomida shifoxonaning 6-qavatida joylashgan yurak-qon tomir kasalliklari, shoshilinch jarrohlik va travmatologiya bo‘limlaridagi bemorlar bilan suhbatlashildi.

Ularning davolanish jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, bemorlarni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Aholining salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.