Barcha yangiliklar
Qarorlarning qonuniyligi masalalari muhokama qilindi
Gallery image 189271
OCHILOV BOXODIR NORKUVATOVICH
15 Iyul 2026
16:04

Qarorlarning qonuniyligi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova hamda korrupsiyani oldini olish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Dusmurodov bilan hamkorlikda tumandagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakili R.Nurmamatov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida tuman Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi hamda qarorlar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, huquqiy hujjatlar sifatini oshirish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish va qarorlar qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Bunday muloqotlar mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi, qonuniyligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.