Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 189201
Gallery image 189202
Gallery image 189203
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
15 Iyul 2026
15:08

Deputat mahallada

Deputat mahallada

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2-"Jarbuloq" saylov okrugi deputati B.Amanov Do’stlik mahallasida o‘tkazilgan manzilli o‘rganishlar davomida “Ulg’ayish” va “Ma’rifatparvar” ko’chalarida elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida mavjud elektr tarmog‘i ortib borayotgan yuklamaga bardosh bera olmayotgani, buning oqibatida kuchlanish pasayishi va elektr energiyasida uzilishlar kuzatilayotgani aniqlandi. Shuningdek, “Ulg’ayish” va “Ma’rifatparvar” ko’chalarida eskirgan simyog‘ochlarni yangilash zarurligi qayd etildi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi kiritilishi hamda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.