Barcha yangiliklar
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
Gallery image 188969
Gallery image 188970
Gallery image 188971
Gallery image 188972
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Iyul 2026
11:06

Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karaeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorlikda 1-son texnikumda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
✔️O‘rganish davomida texnikum hamda hududdagi xususiy maktab sport zallari, ulardagi sport anjomlari, jihozlarning mavjudligi va foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.
✔️Nazorat tadbiri jarayonida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari N.Axmatov nomiga deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari doimiy nazoratda olib boriladi.