Barcha yangiliklar
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 188912
Gallery image 188913
Gallery image 188914
Gallery image 188915
Gallery image 188916
Gallery image 188917
Gallery image 188918
Gallery image 188919
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Iyul 2026
10:54

Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O. Sherov hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🌏Yig‘ilishda Jondor tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S. Sharopovning axboroti tinglandi. Muhokamalar davomida hududdagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🌏Shuningdek, tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yilning 6 oyi davomida bajarilgan ishlar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi boshlig‘i D. Bo‘riyevning axboroti ham eshitildi. Axborotda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, huquqiy ekspertiza, qonunchilikka rioya etilishi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.
🌏Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli mas’ul idoralarga qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.