Barcha yangiliklar
#kengash_qarori_ijrosi
Gallery image 188903
Gallery image 188904
Gallery image 188905
Gallery image 188906
Gallery image 188907
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
15 Iyul 2026
10:57

#kengash_qarori_ijrosi

#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun
#kengash_qarori_ijrosi


A. Qodiriy MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev tomonidan saylov okrugidagi A. Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Istiqlol va Madaniyat ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l-qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yorlarga rioya etilishi hamda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshirilmoqda.

Deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish va saylov okrugidagi ishlarni tashkil etish Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mas’ul bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash