Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 188893
Gallery image 188894
Gallery image 188895
Gallery image 188896
Gallery image 188897
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
15 Iyul 2026
10:52

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT  

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash huzuridagi "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov tuman hokimining o‘rinbosari E. Musayev va Davlat kadastr palatasi Sherobod tumani bo‘limi boshlig‘i Z. Qodirov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Uchrashuv davomida davlat organlari va Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, Kengash qarorlari hamda deputatlik faoliyati doirasidagi vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘zaro hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Ochiq muloqot va samarali hamkorlik davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.