Barcha yangiliklar
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 188867
Gallery image 188868
Gallery image 188869
Gallery image 188870
Gallery image 188871
Gallery image 188872
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Iyul 2026
10:39

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari H.Karayeva hamda I.Xolovlar tumandagi 1-son texnikumda bo‘lib, ta’lim muassasasi atrofidagi yo‘l harakati xavfsizligi holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
📌O‘rganish davomida davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining texnikumga tutash o‘tish qismida talabalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ushbu hududda transport harakatining serqatnov ekani inobatga olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun svetofor o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
📌Deputatlar mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda ta’lim muassasasiga qatnovchi o‘quvchilar uchun xavfsiz shart-sharoit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishini qayd etdilar.