Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishida qonunlar ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 188838
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
15 Iyul 2026
10:29

Doimiy komissiya yig‘ilishida qonunlar ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida komissiyaga biriktirilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

📋 Muhokama davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning joylardagi ijro holatini o‘rganish, nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, o‘rganishlarning aniq reja asosida olib borilishi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, doimiy komissiya a'zolari tomonidan davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘rganishlar natijadorligini oshirish hamda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Yig‘ilish yakunida komissiyaga biriktirilgan qonunlar ijrosini o‘rganish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinib, mas'ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.