Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
Gallery image 188783
Gallery image 188784
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Iyul 2026
10:11

Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B.Enazarovlar hamkorlikda tumandagi "Navgadi" mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli turar joy binolarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
⚡️O‘rganish jarayonida aholi bilan muloqot qilinib, elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar, kuchlanishning pastligi, tarmoqlarning texnik holati hamda iste’molchilarni qiynayotgan boshqa masalalar tahlil qilindi. Fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
⚡️Ta’kidlanganidek, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda murojaatlarga tezkor munosabat bildirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu kabi o‘rganishlar davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik nazorati ostida taklif va murojaatlar kiritiladi.