Barcha yangiliklar
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
Gallery image 188757
Gallery image 188758
Gallery image 188759
Gallery image 188760
Gallery image 188761
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
13 Iyul 2026
09:49

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati E. Xamroyev tomonidan o‘z saylov okrugida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

✍️Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 67-maqsadida nazarda tutilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyat bo‘yicha 50 ming tup daraxtni raqamlashtirish va ularning pasportlarini yaratish ishlari o‘rganildi.

📌 Monitoring davomida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilinib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va muammolar ham aniqlandi.

🌀 O‘rganishlar jarayonida davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi jamoatchilik fikri asosida tanqidiy baholandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

➡️ Davlat dasturining ijrosini ta’minlash, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.