Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 188472
Gallery image 188473
Gallery image 188474
Gallery image 188475
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
14 Iyul 2026
19:31

O‘rganish

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borish maqsadida qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.

✅O‘rganish davomida ishchi guruh a’zolari qurilish ishlari holati, loyiha hujjatlarining amaldagi me’yoriy talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari va pudratchilar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib,  taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Ishchi guruh tomonidan aniqlangan holatlar tegishli tartibda tahlil qilinib, ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi belgilandi.

✅Ta’kidlanganidek, mazkur o‘rganish natijalari umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama etiladigan masala bo‘yicha deputatlarga asoslantirilgan axborot taqdim etiladi.