Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 188467
Gallery image 188468
Gallery image 188469
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
14 Iyul 2026
19:28

#Deputat_mahallada

♻️24-saylov okrugi deputati o‘z saylov okrugi hududidagi "Bog‘ishamol" mahallasida bo‘lib, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim ishining samaradorligini o‘rgandi.

♻️Tashrif davomida deputat mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta'minlangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishdi.

♻️O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolar bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, aniqlangan ayrim muammolarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.